27-may kuni Samarqandda oʻzini balandlikdan tashlamoqchi boʻlgan ayol borasida video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ayol shu kunning o’zida qutqarib qolingan.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 27-may kuni soat 16:00lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali yonidagi quvurdan 1998-yilda tugʻilgan, 4 nafar farzandning onasi kanal ustidan o’tgan quvurga chiqib, o’zini pastga tashlamoqchi boʻlgan.
Axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayevning muhim24.uzga ma’lum qilishicha, uning o’zini kanalga tashlashga qaror qilishiga turmush o’rtog’i bilan rashk sabab boʻlgan.
Shu kunning o’zida IIB xodimlari tomonidan ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan soʻng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamolbek Salomov tayyorladi