Ajrimlar va nikohlar: Paxtachida dastlabki to’rt oyda vaziyat qanday?

Ajrimlar va nikohlar: Paxtachida dastlabki to’rt oyda vaziyat qanday?

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joriy yilning dastlabki to’rt oyida nikohdan o’tganlar va ajralishlar borasida MUHIM24.UZ’ning so’roviga ko’ra, tuman Adliya bo’limi FHDY bo’limi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

Paxtachi tumanida joriy 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 227 ta nikoh qayd etilgan. O’tgan yilning mos davrida bu ko’rsatkich 198 tani tashkil etgan va joriy yilda 29 taga ko’paygan.

Ajrimlar esa joriy yil yanvar-aprel oyida 65 ta qayd etilgan. O’tgan 2023-yilning mos davrida ajrimlar 77 tani tashkil etgan va 2024-yilda 12 taga kamaygan.

Madina ERKINOVA tayyorladi