Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Tursunxonni samasud qilingani aks etgan video tarqaldi.
Samarqand viloyati IIBB Matbuot xizmatining xabar berishicha, holat 15-may kuni sodir bo’lgan.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi A.T. Samarqand shahrida ikki nafar shaxslar bilan tanishib, ulardan ish topib berishda yordam soʻragan.
Ushbu fuqarolardan biri oʻzi ishlayotgan reklama agentligida ishchi oʻrni borligini aytganida, A.T. ushbu ishga rozi boʻlib, ulardan biridan yoʻl kiraga pul olib, uyiga ketib, ertalab aytilgan joyga ishga kelmagan.
Natijada ularning oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Ikki nafar fuqarolar A.T. bilan uchrashib, uni haqorat qilib, buni tasvirga olishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.