AQSH prezidenti Jo Bayden HAMAS va Isroil o‘rtasida muhokama qilinayotgan kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi.
Unda keltirilishicha, kelishuv o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishni, G‘azo sektorining barcha aholi punktlaridan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni nazarda tutadi va bu 6 haftani o’z ichiga oladi. Shuningdek, Bayden ikkinchi bosqichda kelishuv doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga, uchinchisida esa G‘azo sektorini qayta tiklashga qaratilganligini ta’kidlamoqda.
Eslatib o’tamiz, 2023-yil 7-oktyabrda G‘azo sektoriga HAMAS jangchilarining Isroil hududiga kirib kelishi oqibatida boshlangan urush chegaradagi aholi punktlari aholisining o‘ldirilishi va 200 dan ortiq kishining garovga olinishidan keyin keskin yomonlashgandi.
Isroil esa bunga javoban, hozirgacha davom etayotgan “Temir qilichlar” operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgandi.