Hozirgi ob-havoda tanada suv-tuz almashinuvi buziladi, terlash kuchayishi sababli muhim vitaminlar va minerallar yo‘qoladi.
Organizm suvsizlanmasligi va vitamin-minerallarni saqlab turishi uchun ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish lozim:
– ho‘l mevalar
– xom sabzavotlar va ulardan tayyorlangan salatlar
– dukkakli mahsulotlar (loviya, mosh)
– qaynatilgan go‘shtli taomlar
– qaynatma sho‘rva, mastava, manpar kabi hazmi yengil taomlar
– qovun-tarvuz
Issiq havoda achchiq, sho‘r va tuzli taom, mahsulotlarni yeyish qat’iyan mumkin emas.