May oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 2,8 foizga oshdi.
Maʼlumotlarga koʻra, isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik (2023-yil may oyiga nisbatan) oʻsish darajasi 10,6 foizga yetgan.
2024-yilning may oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 2,0 foizga arzonlashgan, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 15,2 foizga oshgani kuzatilgan.
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat koʻrsatish obyektlarida 120 mingdan narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatilgan.