Restoranda shovqin ko’targan bloger tergovga tortilmoqda

Restoranda shovqin ko’targan bloger tergovga tortilmoqda
foto: Samarqand IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal koʻtargani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi” sarlavhasi ostida tarqalgan videolar yuzasidan

2023-yil 12-fevral kuni Samarqand shahrida yashovchi fuqaro M.A. Samarqand shahridagi “Istiqlol” restoranida ovqatlanib, spirtli ichimlik taʼsirda, restoran ish faoliyatini yakunlash arafasida restoran ishchilaridan qoʻshiq aytish uchun mikrafon soʻragan.

Restoran ishchilari ushbu restoranda “karaoke” yoʻqligi hamda restoran ish faoliyatini tugatganligini tushuntirmoqchi boʻlganida, fuqaro M.A. ishchilarni uyatsiz soʻzlar bilan haqorat qilib, ularni urmoqchi boʻlgan. Restoran ishchilari hodisa joyiga Milliy Gvardiya qoʻriqlash xizmatini chaqirishgan. Qoʻriqlash xizmati xodimlari fuqaro M.A. ni tinchlantirishmoqchi boʻlganida u xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmay, ularning xizmat faoliyatiga faol qarshilik koʻrsatgan. Shundan soʻng, M.A. Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 2-son IIBga olib kelinib, u bilan suhbat oʻtkazilib, xodimlar uni tinchlantirishmoqchi boʻlganda M.A. meʼyoridan ortiq spirtli ichimlik istemol qilgani sababli baqir-chaqir qilib, kapitan D.Shodmonovni shaʼni qadr-qimmatini kamsitib, uyatli soʻzlar bilan haqorat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati