1767 yilda Birma va Siam (hozirgi Tailand) o‘rtasidagi urush juda original yakun topgan. Urushni Birma boshlagan. Uning qo‘shinlari qo‘shni davlat hududiga bostirib kirgan va Siamning Nan qal’asini qamal etgan.
Qamal cho‘zilib ketgan. Har ikki tomon asta-sekin urushdan charchay boshlagan. Nihoyat, sog‘lom tafakkur g‘olib kelgan. Har ikki armiya delegasiyasining uchrashuvida urushni qurilish bo‘yicha musobaqa o‘tkazish bilan yakunlash kelishilgan. Har ikkala tomon ibodatxona qurishi lozim bo‘lgan.
Qurilishni ertaroq yakunlagan armiya urushda g‘alaba qozongan hisoblanardi. Siam armiyasi qurilishni 7 kunda yakunlaydi. Birma esa mag‘lubiyatini tan oladi.
Sevinch ELMURODOVA tayyorladi