O’zbekiston Musulmonlar idorasi oldinroq Fatvo markazi tomonidan e’lon qilingan “Kriptovalyutalar savdosi joizmi” mazmunidagi xabarni qayta ko’rib-chiqilayotganini ma’lum qildi.
“2024-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi tomonidan “KRIPTOVALYUTALAR SAVDOSI JOIZMI?” degan mavzuda savol-javob loyihasi texnik sabablarga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.
Fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va u kishining o‘rinbosarlari muborak haj safarida ekani, mazkur fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga yetmagani va shuningdek, zamonaviy masalalarni keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildiramiz.
Siz azizlardan uzr so‘ragan holda ushbu fatvo ustidagi ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga yetkazib, qayta e’tiboringizga havola qilinishini ma’lum qilamiz.
Alloh taolo barchamizga rushdu hidoyat bersin.”- deyiladi idora xabarida.