Eronning 2005-2013 yillardagi sobiq rahbari Mahmud Ahmadinajod prezident Ibrohim Raisiy vafotidan keyingi navbatdan tashqari saylovda o‘z nomzodini ilgari surdi.
2017 va 2021-yillardagi saylovda uning nomzodi Konstitutsiyani qo‘riqlash kengashi tomonidan rad etilgandi.
Ahmadinajod 2018-yilda ayrim davlat rahbarlari xalq muammolaridan bexabarligini tanqid qilib, o’sha vaqtdagi prezident Hasan Ruhoniyni mamlakatni yaxshi boshqara olmaslikda ayblagani uchun hibsga olingandi.
Prezidentlikka nomzodlarning yakuniy ro’yxati 11-iyunda e’lon qilinadi va unda Ahmadinajodning nomzodi tasdiqlansa, asosiy da’vogarga aylanishi taxmin qilinmoqda.