Mana bugundan oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayonlari ham start olmoqda, kirish imtihonlari ham yaqinlashyapti. Ko‘proq narsani o‘qib o‘zlashtirishga shoshayotgan bo‘lsangiz kerak. Unda bu post sizga yordam beradi.
1. O‘qish uchun yetarli vaqt ajratish lozim. Qancha dars tayyorlash, qancha dam olish samarali bo‘lyapti? O‘zingiz uchun belgilab oling.
2. Dars qilish uchun qulay sharoit qiling. Siz dars qiladigan xona qorong‘i emasmi? O‘tiradigan stulingiz sizga qulaymi? Hamma narsa siz uchun qulay bo‘lsin.
3. Diagramma va turli vizual shaklli usullar yordamida bilimingizni mustahkamlashga harakat qiling.
4. Sinov imtihonlarida qatnashib ko‘ring. Sababi undagi savollar shakli asosiy imtihondagiga o‘xshash bo‘lsa, qiyinchiliklarni kamaytiradi.
5. Javobingizni boshqalarga tushuntirib bering. Masalan, nimaga testga bu javob tanlanganini og‘zaki aytib berish uni keyinchalik esdan chiqarmaslikka yordam beradi.