Maksimal ball 189 bo’ladi. 5 ta fan, 90 ta test, 3 soat vaqt!
Kirish imtihonida 5 ta fandan jami 90 ta savol tushadi.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
Shunda abituriyent 60 ta savoldan jami 156,0 ball to’plashi mumkin.
Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. 90 ta test uchun ajratiladigan vaqt esa 3 soat.
Maksimal ball 189 bo’ladi. 5 ta fan, 90 ta test, 3 soat vaqt beriladi.