Oliygohlar nufuzini oshirishi, talabalariga mukammal darajagacha ta’lim berishga intiladi. Bunda ular nafaqat hududdagi, balki xorijiy hamkorlari bilan aloqalarni mustahkamlashga harakat qiladi.
Bugun O’zbekiston ham so’z erkinligini ta’minlash yo’lida so’nggi yillarda katta islohotlarga qadam qo’ydi. Sohaga oid kadrlarni professional tayyorlash uchun Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalari universitetining tashkil etilishi bunga yaqqol misol bo’ldi.
Yuqoridagi so’zlar kabi jurnalistika universiteti ham talabalar malakasini oshirishda katta ishlarni amalga oshirmoqda.
6-iyun kuni universitetda “Meta/Facebook” kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo bo‘yicha sobiq boshqaruvchi direktori Jorj Chen boshchiligidagi delegatsiya tashrifi bilan universitet rektori Sherzodxon Qudratxo’ja, o’qituvchilar va internet jurnalistika yo’nalishi talabalari ishtirokida tadbir o’tkazildi.
Shuningdek, jarayonlarda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Akramjon Fozilov, Mo‘g‘uliston Respublikadan vakillar ham bo’lishdi.
Unda Universitet Kengashining tegishli qarori bilan “The Asia Group” xalqaro konsalting kompaniyasi boshqaruvchi direktori hamda “Faro Foundation” NNT katta maslahatchisi Jorj Chenga O‘zJOKU «Faxriy professori» faxriy unvoni berildi.
Unvonni O’zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo’ja topshirdi.
Eslatib o’tamiz, Shu Chen Meta/Facebook” kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo bo‘yicha sobiq boshqaruvchi direktori hisoblanadi.
Jamolbek SALOMOV, Erkin HASANOV
O’zJOKU Internet-jurnalistikasi fakulteti 1-bosqich talabalari