Ushbu savolga javob berishdan oldin, eng avvalo, hali Qurbon Hayiti kuni rasman belgilanmaganini hisobga olish kerak.
Hozircha Qurbon hayiti kuni, ya’ni hijriy taqvim bo‘yicha zulhijja oyining o‘ninchi sanasi, joriy yilda 16-iyun yoki 17-iyunga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Agar shunday bo‘lsa, unda O‘zbekistonda olti kunliklar 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi. Qaysi kunga to’g’ri kelishining ahamiyati yo’q.
Keling, hayit 16-iyunga to’g’ri kelsa, dam olish kunlari qanday bo’lishini ko’rib chiqamiz:
✅❌15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;
❌16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;
❌17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
❌18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).
Sog’ligi xavf ostida qolgan bolalar endi ota-onasidan olib qo’yiladimi?
O‘zbekistonda hayoti yoki sog’lig’i xavf ostida qolgan bolalar endi ota-onasidan olib qo’yiladimi?