Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tuman soliq inspeksiyasining sayyor soliq tekshiruvlari shoʻbasi bosh inspektori mahalliy 5 ta MCHJ faoliyati yuzasidan joriy yilning sentyabr oyiga qadar kameral soliq tekshiruvlari oʻtkazmaslik evaziga 2 ming 300 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, u ushbu pul mablagʻini viloyat soliq boshqarmasining kameral soliq tekshiruvlari shoʻbasi bosh inspektoriga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda mazkur mansabdor shaxs ham 2300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qarshida soliq xodimi pora bilan qo’lga tushdi
Qarshi tuman soliq inspeksiyasi xodimi 2 ming 300 dollar pora olgan vaqtida ushlandi