Navoiyda yangi shaharcha quriladi

Navoiyda yangi shaharcha quriladi

Qariyb 1,1 ming gektar maydonda amalga oshiriladigan qurilish ishlari 2040 yilgacha davom etadi.

Shaharchada “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va madaniy dam olish sayilgohlari, Navoiy davlat pedagogika institutining kampus tipidagi yangi binolari, ijtimoiy soha obektlari, ko‘p qavatli turarjoylar, maishiy xizmat ko‘rsatish va servis obektlari, kutubxona, sun’iy ko‘l va hunarmandchilik ustaxonalari quriladi.

Loyiha Karmana tumanidan Navoiy shahriga o‘tkazilgan hudud – Yoshlik mahallasida amalga oshirilmoqda. Shaharchaning umumiy maydoni 1097,6 gektarni tashkil etib, birinchi bosqichda 450 gektar yer maydonida qurilish ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.

Qurilish ishlari Xitoy, Turkiya va mahalliy qurilish kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozir e-auksion.uz platformasi orqali 20 ga yaqin lotlar xaridi e’lon qilingan.