Messi Mbappega qanday javob qaytardi?

Messi Mbappega qanday javob qaytardi?

Mbappening fikrlariga Messi javob qaytardi. Shuningdek, Messi faoliyati yakuniga ham kam fursat qolganini ta’kidlab o‘tdi.

Argentina terma jamoasi hamda AQShning “Inter Miami” klubi sardori Lionel Messi Fransiya terma jamoasi hamda “Real Madrid” klubi futbolchisi Kilian Mbappening “Yevropa chempionatida g‘alaba qozonish Jahon chempionatidan ko‘ra qiyin” mazmunidagi gapiga ESPN nashriga bergan intervyusida javob qaytardi.

Kilian Janubiy Amerika jamoalari yevropaliklar kabi raqobatga ega emasligini aytdi, to‘g‘ri hamma o‘zi o‘ynagan turnirni qadrlaydi. Yevropa chempionati juda muhim, lekin bu turnir 3 karra jahon chempioni Argentina, 5 karra chempion Braziliya va 2 karra chempion Urugvayni o‘z ichiga olmaydi. “Yevro”ni eng qiyin turnir deyish uchun unda juda ko‘p jahon chempionlari bo‘lishi kerak, to‘g‘rimi? Mundial eng yaxshi jamoalarni birlashtiradi, barcha jahon chempionlari odatda u yerda bo‘lishadi. Shu bois hamma bu turnirda g‘alaba qozonishni istaydi.

Shuningdek, Messi faoliyati yakuniga ham kam fursat qolganini ta’kidlab o‘tdi:

Men mashg‘ulotlar va o‘yinlarni juda yaxshi ko‘raman va men hali futbolni tark etishga tayyor emasman. Lekin har narsaning oxiri bo‘lgani kabi, futbolning ham oxiri bor. “Inter Miami” mening futbolchilik faoliyatimdagi so‘nggi klub bo‘ladi.