Farg‘onada 32 yoshli erkak onasini shafqatsizlarcha urib, barmoqlarini kesib tashladi.
Shundan so‘ng, erkak qorniga pichoq urib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan va shahar shifoxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Sud majlisida jabrlanuvchi o‘g‘liga qarshi da’vosi yo‘qligini aytib, suddan jazoni yengillashtirishni so‘radi.
Sud erkakka qattiq tartibdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishni buyurdi.