600 nafar o‘zbekistonlik haydovchi Latviyaga ishga jalb etiladi

600 nafar o‘zbekistonlik haydovchi Latviyaga ishga jalb etiladi

Bu haqda 10-17-iyun kunlari Latviyaning transport va logistika sohasidagi yirik «Kreiss» kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasidagi muzokaralarda kelishilgan.

Shuningdek, «Vatanparvar» tashkiloti bilan unga tegishli avtomaktablar platformasida o’zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolangan.
Mazkur markazlarda tayyorgarlikdan o’tgan haydovchilar Yevropa standartlariga mos sertifikatlar olishlari va YEI davlatlarida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin.