Daraxt kesgan fuqaroga 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.
Toshkent shahrida fuqaro tomonidan 1 ta daraxt kesilib, o‘sishdan to‘xtash darajasida shikast yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Natijada tabiatga 8 mln 840 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Huquqbuzarga nisbatan 8 mln 500 ming so‘m jarima belgilandi va jami 17 mln 340 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Shuningdek, unga kesilgan daraxt uchun kompensatsiya tarzida 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.