Maymunchechak rasman Osiyoga yetib keldi: Tailandda yuqtirish holati aniqlandi.
Tashxis 14 avgust kuni nomi oshkor etilmagan Afrika davlatidan Bangkokga kelgan 66 yoshli yevropalik erkakda tasdiqlangan.
Alomatlar ertasi kuni paydo bo’ldi va u darhol kasalxonaga yuborildi. Shuningdek, uning Clade 1b shtammi bilan kasallanganligi ham tasdiqlandi.