Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyaga yetib kelganidan so‘ng Parijning Le-Burje aeroportida hibsga olindi. Bu haqida Fransiya OAVlari xabar bermoqda.
Hodisa haqida hozirgacha ma’lum bo’lgani esa Durov kecha oqshom Ozarbayjondan kelgani aytilayotgan shaxsiy samolyotni tushirayotganda qo‘lga olingan.
Fransiya adliyasining fikricha, Telegram’ning mamlakat rasmiylari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani Durovni qator jinoyatlarga qo‘l urishiga sabab bo‘lmoqda – OAV tadbirkorni terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, firibgarlik va pul yuvishda ayblashi mumkinligini ta’kidlamoqda.
39 yoshli tadbirkor hibsga olingan va uni 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda. Pavel Durovning hibsga olinishi haqidagi xabardan so‘ng Toncoin kriptovalyutasi narxi jahon bozorida 14 foizga arzonlashdi.
Bu borada Amerikalik jurnalist Taker Karlson ham o’z fikrini bildirdi. Telegram asoschisining hibsga olinishi “haqiqatni senzura qilishdan bosh tortgan barcha onlayn platformalar egalari uchun ogohlantirishdir”, deydi jurnalist Karlson.
Durovga raqobatchi X’ning xo’jayni Mask o’zining tarmoqdagi sahifasida “2030-yilda sizni memni yoqtirganiz uchun Yevropada qatl etishadi”, deb yozmoqda.