Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni taʼminlashga 30 ming xodim jalb qilinadi.
Ulardan, 16,8 ming IIV, 4,7 ming Milliy gvardiya, 1,9 ming favqulodda vaziyatlar xodimlari va 7,2 ming jamoatchilik vakillari.
Shuningdek, 3 037 ta metallodetektor, 1 587 avtotransport va 267 xizmat iti ajratiladi.
Bundan tashqari, 2 107 videokuzatuv kamerasidan 452 tasi onlayn kuzatuvda boʻladi va 396 avtoturargoh tashkil etiladi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan 23 – 31-avgust kunlari mamlakat boʻylab 213 ta bayram tadbirlari oʻtkaziladi.