Mug’ilistondagi AESni Rossiya quradi

Mug’ilistondagi AESni Rossiya quradi

Rossiya Mo‘g‘ulistonda kichik modulli atom elektr stansiyasini quradi. Bu haqda “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachev ma’lum qildi.

Lixachevning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda stansiya Rossiya kompaniyasi tomonidan boshqarilishi mumkin. Atom elektr stansiyasi Chingizxonning qadimiy poytaxti o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan bo‘lajak Yangi Xorhorum shahrini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

“Bahorda Sochidagi Atomexpo ko‘rgazmasida Mo‘g‘ulistonda kichik modulli atom elektr stansiyasini yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi. Mintaqada mo‘g‘ul tomoniga 220 dan 330 megavattgacha bo‘lgan ana shunday quvvat kerak. Biz loyihaning texnik rejasini amalda tasdiqladik va 2 sentyabr kuni Monatom, Energetika vazirligi va Mo‘g‘uliston Xavfsizlik Kengashi bilan ko‘p darajali muzokaralar olib borildi”, deydi Lixachev.

“Rosatom” rahbarining qo‘shimcha qilishicha, asosiy masala kadrlardir.