Endi tadbirkorlarning faoliyati yanada erkinlashmoqda.
Bu borada “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin harakatlanishi, ushbu subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtgan hududidan qatʼiy nazar, kafolatlanadi.
Tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining hududiy prinsip boʻyicha erkin harakatlanishini cheklashga, toʻxtatib turishga va taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonunchilik faoli Rasul Kusherbayev bu o’zgartirish haqida yozar ekan, uni «Qashqadaryo hokimiga atalgan qonun» deya ta’rif berdi.
Kusherbayev izoh berarkan, u «Bu qonun tadbirkorlarping paxta xomashyosini IIB xodimlari orqali ushlab turish, toʻxtatib qoʻyishga usta, oʻzlarini monarx kabi tutadigan Qashqadaryo va Xorazm viloyati hokimlari uchun maxsus qabul qilinibdi, desa ham boʻladi.
Bu maʼlumotni ushbu viloyat hokimlariga joʻnatib qoʻyish kerak. Har tugul shu baxona yangi qonun bilan tanishib chiqishadi», deya ta’kidlaydi.