OTMlarga kirish testlari uchun to’lovning oxirgi sanasi qachon?

OTMlarga kirish testlari uchun to’lovning oxirgi sanasi qachon?

Bilamizki, OTMlarga kirish testlari uchun belgilangan to’lovda ayrimlar ozod qilinadi. Jumladan, joriy yilda ta’lim muassasasini bitirgan abituriyentlar uchun testga kirish bepul. Ushbu abituriyentlar test uchun to‘lovdan ozod qilingan. Avvalgi yillarda ta’lim muassasasini bitirgan abituriyentlar esa 170 ming so‘m miqdorda to‘lovni amalga oshirishlari kerak.

Bu jarayonda to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar o’z-o’zidan ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga ruxsat berilmaydi. Test to‘lovini bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish ham mumkin, ammo to‘lovning to‘liq summasi 25-iyungacha to‘lanishi shart.

25-iyun kuni ham to‘lovni amalga oshirish mumkin, lekin soat 23:59 gacha to‘lov amalga oshirilishi lozim.

To‘lovni oxirgi sanasigacha qoldirmaslik tavsiya etiladi. Sababi, bank va onlayn to‘lov tizimlarida kutilmagan profilaktika ishlari yoki server yuklamalari sababli to‘lovni amalga oshira olmaslik xavfi mavjud, oldingi yillarda shu kabi muammolar yuzaga ham kelgandi.

Qo’shimcha ma’lumot sifatida quyidagilarni keltirib o’tamiz.  Ushbu ro’yxatdagi guruhlar to‘lovdan ozod qilingan:

  • Ta’lim muassasasini joriy yilda tugatganlar.
  • Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari.
  • To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar.
  • Nogironligi bor shaxslar.
  • Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari.
  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.