Bu yil maktablarni necha nafar «Oltin medal»lilar bitirishdi?

Bu yil maktablarni necha nafar «Oltin medal»lilar bitirishdi?

Joriy 2023-2024-o‘quv yilida O‘zbekiston bo‘ylab jami 10 182 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyat yuritmoqda. Ularda 6 410 119 nafar o‘quvchi ta’lim olishadi. 592 642 nafar 9-sinf bitiruvchisi va 399 499 nafar 11-sinf bitiruvchisi bu yil maktabni tamomladi.

Bu yil jami 14 204 nafar bitiruvchi oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi. Biroq, ming afsuski, bu medallar oliy ta’lim muassasalariga kirishda hech qanday imtiyozga ega emas.

Bundan tashqari, 24 314 nafar bitiruvchi a’lo darajadagi natijalari uchun maxsus shahodatnomaga ega bo’lishdi.