Tojikistonda ochiq-oydin suratlar bilan ijtimoiy tarmoq yuritgan qiz ushlandi

Tojikistonda ochiq-oydin suratlar bilan ijtimoiy tarmoq yuritgan qiz ushlandi

Dushanbeda ijtimoiy tarmoqlardagi ochiq-oydin nashrlari ortidan qiz qo‘lga olindi.

Poytaxt maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, foydalanuvchilar uning suratlari va videolari ustidan shikoyat qilishgan. Politsiya hibsga olish faktini axloqqa bo’lgan e’tiborsizlik bilan izohlagan.

“Odob chegarasidan chiqib, milliy an’analardan yiroq bo‘lgan bunday nojo‘ya xatti-harakat o‘smirlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.

Ammo xabarda buning uchun qanday jazo nazarda tutilgani aytilmagan, ammo ish allaqachon sudga o’tkazilgani haqida xabarlar tarqagan.