Rossiyani tark etishga va’da bergan brend ichimliklar va’dasida turyaptimi?

Rossiyani tark etishga va’da bergan brend ichimliklar va’dasida turyaptimi?

Coca Cola va boshqa o’nlab dunyoning brend kompaniyalari Rossiyani tark etishga va’da berishgandi, ammo ular hali mamlakatda. Hatto ketishga uringan kompaniyalar ham mamlakat bilan aloqalarini uzishda muammolarga duch kelishmoqda, deydi BLOOMBERG.

2022-yil fevral oyida Rossiyaning qo‘shinlari Ukraina chegarasini buzib o’tganida Coca-Cola kompaniyasi norozilik sifatida Rossiyani tark etishga va’da bergan birinchi ko‘p millatli kompaniyalardan biri bo’lgandi. Va’dalarga oradan ikki yil o’tgan bo’lsada, Coca’ning o’ziga xos qizil logotipini mamlakat bo’ylab supermarket va restoranlarda hali ham topa olasiz. Yangi kelgan Dobry Cola – juda tanish qizil rangga ega bo’lgan qutilarda sotiladigan va ozgina ta’mi asl nusxasidan farq qiladi. U bugun Rossiya gazli ichimliklar bozorining asosiy ta’minotchisi bo’lib qolmoqda.

Xo’sh, qanday qilib Coca Cola haliyam Rossiya bozorida va iste’molda qolmoqda?

Buning sababi Multon Partners mamlakatdagi Coca-Cola idishlarini sotuvchisi. U alohida, Londonda ro’yxatga olingan Coca-Cola HBC kompaniyasiga tegishli. AQShning Coca cola asosi kemasi uning 21% ulushiga ega hisoblanadi. HBC bosqindan keyin kola ishlab chiqarishni to’xtatganda, Multon Dobry Cola-ni taqdim etdi. Ba’zi xorijiy tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, u bozorning 13 foizini egallagan mamlakatdagi eng mashhur gazlangan suvga aylandi.

«Rossiyada Coca-Cola sotishdan olingan daromad Dobry muvaffaqiyati tufayli bozor ulushini egallagan Coca-Cola HBCga o’tdi», deydi Garrett Nelson , CFRA Research tahlilchisi.

Masalaning yana bir tomoniga e’tibor bering, Coca-Cola Rossiyada hamon keng tarqalishining yana bir katta sabablaridan biri u Gruziya va Qozog’iston kabi qo’shnilardan import qilinmoqda. Bosqindan keyin Rossiya tovar belgisi egasining roziligisiz markali tovarlarni sotishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Chegara orqali son-sanoqsiz yuklarni olib o’tayotgan yuk mashinalari buni ko’rsatib turadi. Shunday qilib faqat ushbu importlar bozorning 6% ga ega bo’lgan Kola Rossiyaning  3-raqamli gazlangan suviga aylandi.

 

2021-yillarda Coca cola Rossiya bozorida gazli ichimliklarning 26 % ulushini olgan bo’lsa, cheklovlardan so’ng bu ko’rsatkich tushib ketgandi va hozirga kelib yana 12% ulushga ko’tarildi.

Ma’lumot sifatida: Rossiya gazli ichimliklar bozorida eng yirik ulushlar Coca cola, Dobry-Cola, Chernogolovka va Pepsiga tegishli.

Jamolbek SALOMOV tayyorladi