Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati e’lon qilindi
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt to‘lov muddatlari quyidagicha belgilandi:
belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha;
ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.