Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS oʻyinlari oʻz poyoniga yetdi. 13-24-iyun kunlari 90 ta jamoa ishtirokida kechgan murosasiz bellashuvlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi 17 ta oltin, 39 ta kumush va 58 ta bronza, jami 114 ta medal jamgʻarib, umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus va Xitoy jamoalaridan keyin toʻrtinchi oʻrinni egalladi.