Durov Qirg’izistonga sayohati, uning toza ob-havosi, odamlari va tabiati haqida so’z yuritgan

Durov Qirg’izistonga sayohati, uning toza ob-havosi, odamlari va tabiati haqida so’z yuritgan
Foto: Durovning Telegram sahifasidan

Telegram asoschisi Pavel Durov Qirg’izistonga sayohati taassurotlarini o’z sahifasida ulashdi.

Durov Qirg’izistonga sayohati, uning toza ob-havosi, odamlari va tabiati haqida so’z yuritgan.

– Ob-havo ajoyib edi, chivin yo’q edi, shuning uchun biz tog’larda va Issiqko’l atrofida ko’p piyoda yurardik va ot minardik, – deydi Durov.

Shuningdek, u Qirg’izistonda so’nggi to’rt oyda Telegramning mashhurligi 30 foizga o’sganini ta’kidladi. U Qirg’iz mahalliy Telekom rahbari bilan uchrashgani va bu yerda Telegram foydalanuvchilari tajribasini yaxshilash yo’llarini muhokama qilganini aytib o’tgan.

Pavel so’zlari so’nggida Qirg’izistonliklarga rahmat aytib, Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat uchun bu mamlakat uni ilhomlantirishini yozgan.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi