Rossiyada oʻzbekistonlik ayol xususiy klinikada nomaʼlum ukoldan vafot etdi.
Vrach muolajani amalga oshirgandan soʻng bemorning ahvoli ogʻirlashgan. Shifokorlar uni klinik oʻlim holatida shahar shifoxonasiga olib ketgan.
Biroq koʻrsatilgan yordamga qaramay, ayol vafot etdi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.