Afgʻoniston hukumati vayron boʻlgan Navoiy haykalini tiklash choralarini koʻradi. Bu haqda TIV matbuot kotibi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu “vandalizm holati” Oʻzbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlash tarafdori boʻlgan muvaqqat hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi.
Bu nomaʼlum shaxslarning oʻzboshimchalik va oʻylamasdan qilgan harakati natijasi ekanligi maʼlum qilindi.
“Afgʻoniston vakillari yodgorliklarni tiklash va umumiy merosimizga hurmat bilan munosabatda boʻlish choralarini koʻrishini maʼlum qildilar”, deya yozdi Axror Burxanov.