Sergey Lavrov Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi: Asosiy bayonotlar
🔸Rossiya tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ol-Saud bilan uchrashib uni oktyabrda Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga taklif qildi.
🔸Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish va “hududiy almashinuv” haqida o‘ylashga chaqiriqlar jiddiy emas, muammo hududlarda emas, balki odamlarning huquqlarida.
🔸Ukraina inqirozini hal qilish bo‘yicha bildirilayotgan xorijiy tashabbuslar, hatto Rossiyaga do‘st davlatlar tomonidan ilgari surilganlari ham, Ukrainadagi rus xalqining muammolarini inobatga olmaydi.
🔸Rossiya Ukrainada nimalar muhokama qilinishini tushungandagina uchrashuvlar qayerda bo‘lishini muhokama qilishi mumkin. Kelishuvni olg‘a surmoqchi bo‘lgan har bir kishi buni tushunishi kerak.
🔸AQSHning Yaqin Sharqdagi mojaroni ultimatum formatida hal qilishga urinishi — faqat davomli qon to‘kilishiga olib keladi.