SpaceWeather kosmik ob-havo kuzatuvi sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 8-sentyabr kuni Quyoshda magnit tolalari chaqnab, Yer tomon to‘q rangli plazma spiral ajratib chiqargan.
Mutaxassislar ushbu plazma 10-sentyabr kuni Yerga yetib kelishini taxmin qilmoqda. Natijada 10- va 11-sentyabr kunlari Yerda magnit bo‘ronlari kuzatiladi.