Ovoz yig’ishga majburlagan maktab direktoriga chora ko’rildi

Ovoz yig’ishga majburlagan maktab direktoriga chora ko’rildi

“Open byudjet”ga ovoz berishga majburlagan maktab direktoriga chora koʻrildi.

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiyasi tashabbusi bilan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan oʻrganishda Buxoro viloyati Romitan tumani 18-sonli maktab direktori tomonidan maktab oʻqituvchilarini “Tashabbusli byudjet” loyihasiga ovoz yigʻishga majburan jalb qilganligi aniqlangan.

Natijada unga nisbatan MJtKning 51-moddasi ikkinchi qismiga asosan BHMning 100 baravari (34 mln soʻm) miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi.

Milliy komissiya barcha masʼullarni, shuningdek, ish beruvchilarni, hudud rahbarlarini xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga chaqiradi.