Haydovchilarga birinchi tez yordamni ko’rsatish mas’uliyati yuklanishi mumkin

Haydovchilarga birinchi tez yordamni ko’rsatish mas’uliyati yuklanishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligi tomonidan “Yoʻl transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi yangi buyruq loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Bu hujjat, yoʻl transport hodisalarida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.

Birinchi tibbiy yordamning tashkiliy asoslari
Loyiha boʻyicha, yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan joyda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar jabrlanganlarga birinchi yordamni maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar koʻrsatadi. Bunda ichki ishlar xodimlari, harbiy xizmatchilar, milliy gvardiya xodimlari, favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari va avtotransport haydovchilik guvohnomasiga ega shaxslar ushbu yordamni koʻrsatishlari mumkin.

Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar voqea joyida mavjud zarur tibbiy ashyolardan foydalangan holda birinchi yordam koʻrsatadi va tibbiyot xodimlarining kelishini kutadi.

Birinchi Tibbiy Yordam Koʻrsatish Shartlari
Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun shaxslar quyidagi sharoitlarni baholaydilar:

• Shaxsiy hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid qiluvchi omillarni aniqlash.
• Yordam koʻrsatiladigan shaxs hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid qiluvchi omillarni aniqlash.
• Tahdid qiluvchi omillarni bartaraf etish.
• Jabrlangan shaxslar sonini aniqlash.
• Jabrlangan shaxs(lar)ni xavfsiz joyga koʻchirish.

Bundan tashqari, birinchi yordam koʻrsatuvchi shaxs jabrlanganning holatini aniqlash uchun quyidagi mezonlardan foydalanadi:
• Hayotga xavf soluvchi qon ketishini aniqlash.
• Xushida ekanligini aniqlash.
• Nafas olayotganini aniqlash.

Birinchi yordam koʻrsatuvchi shaxslar tez tibbiy yordam xizmatiga jabrlangan shaxs(lar)ning familiyasi, ismi, yoshi, jinsi, jabrlanish holati, joylashgan manzili va kontakt telefoni maʼlumotlarini taqdim etishlari lozim.

Tez tibbiy yordam yetib kelishi uzoq vaqt talab qilinadigan joylarda esa yordam koʻrsatuvchi shaxslar jabrlanuvchini yaqinroq tibbiyot muassasasiga yoki tashkil etilgan tibbiyot punktiga yetkazish choralarini koʻradi.

Birinchi tibbiy yordam quyidagi holatlarda koʻrsatiladi:
• Hushsiz holatlar.
• Nafas va yurak ishi toʻxtashi.
• Tashqi qon ketish holatlari.
• Yuqori nafas yollarida yot jism.
• Tananing turli qismlari jarohatlari.
• Yuqori harorat taʼsirida kuyish.
• Muzlash (sovuq urishi) holatlari.
• Zaharlanish.

Birinchi yordam koʻrsatuvchi shaxslar tez tibbiy yordam xizmatiga jabrlangan shaxs(lar)ning familiyasi, ismi, yoshi, jinsi, jabrlanish holati, joylashgan manzili va kontakt telefoni maʼlumotlarini taqdim etishlari lozim. Tez tibbiy yordam yetib kelishi uzoq vaqt talab qilinadigan joylarda esa yordam koʻrsatuvchi shaxslar jabrlanuvchini yaqinroq tibbiyot muassasasiga yoki tashkil etilgan tibbiyot punktiga yetkazish choralarini koʻradi.