2024-yil oktyabr oyidan “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish moduli ishga tushiriladi — Hukumat qarori.
Qarorga koʻra, 2024-yil oktyabr oyidan “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish moduli (Muammolarni oʻrganish moduli) ishga tushiriladi.
Muammolarni oʻrganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi boʻyicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi taʼminlanadi.
2024-yil 1-oktyabrgacha:
— Muammolarni oʻrganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi;
— Muammolarni oʻrganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni masʼul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻrganib chiqish va hal etishni taʼminlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi.
2024-yil 1-oktyabrdan doimiy ravishda Muammolarni oʻrganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.