«Chorsu» bozorida katta yong’in yuzaga keldi

«Chorsu» bozorida katta yong’in yuzaga keldi

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida yirik yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Unda keltirilishicha, yong‘in tungi soat 01:12 da Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasidagi “Chorsu” bozori hududidagi savdo do‘konlarida sodir bo‘lgan. FVBga kelib tushgan xabarga ko’ra voqea joyiga yetib borishgan. Yong’inni 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:17 da voqea joyiga yetib borib,  soat 02:22 da qurshab olingan va soat 02:47 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev ham yetib borgan.

“Hodisa joyida favqulodda vaziyatlar vaziri va tegishli tashkilotlar rahbarlari o‘rganish ishlarini olib bormoqda”, deyilgan FVV xabarida.

Jamolbek SALOMOV tayyorladi