Telegram asoschisi prezidentning kuyovi bilan nimani muhokama qildi?

Telegram asoschisi prezidentning kuyovi bilan nimani muhokama qildi?

Telegram asoschisi hafta boshida akasi bilan Oʻzbekistonga kelgandi. U Otabek Umarov bilan uchrashgani aytilmoqda.

Umarov oʻzbekistonliklar uchun Telegram shunchaki messenjerdan kattaroq narsa ekanini taʼkidlagan.

“Biz uning (Telegram – tahr.) yordamida yaqinlarimiz bilan doim aloqada boʻlish bilan birga, yangiliklardan xabardor boʻlamiz, ishlarni yuritamiz, kerakli tovar va xizmatlarni topamiz”, deydi Umarov.

Shuningdek, u Pavel va uning yaqinlarini mehmondoʻst Oʻzbekiston zaminida qabul qilish haqiqiy sharaf ekanini qoʻshimcha qilgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko’ra, Durovning O’zbekistonga kelishidan maqsad TON’ni O’zbekistondagi birinchi qonuniy kripto valyuta sifatida ro’yxatga kiritish masalasini muhokama qilish, bunga parallel ravishda ular «Wallet»ga rasmiy kirishni ochish ishlarini kelishish kabilardir.

Tashrif doirasida milliy to’lov tizimlari bilan integratsiya qilinishi mumkin bo’lgan mamlakatdagi yagona «Telegram-bank»i tashkil etilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Pavel Durov Toshkentdan tashqari Samarqand va Buxoroga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani taxmin qilingan.

Jamolbek SALOMOV tayyorladi