Past Darg’om yoshlari «Zakovat»da bellashdi

Past Darg’om yoshlari «Zakovat»da bellashdi

Past Darg‘om tumanidagi 126-maktabda tumandagi barcha umumta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining tuman bosqichiga start berildi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan bellashuvda tumandagi jami 128 ta maktablarning faol o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalari ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra «Zakovat» intellektual o‘yinida 1-o‘rinni 75-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 127-maktab jamoasi, 3-o‘rinni esa 28-IDUMI jamoalari qo‘lga kiritishib viloyat bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

Past Darg‘om tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan faxrli o‘rin egallashgan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.