Samarqand viloyati hokimligi maxsus ishchi guruhi viloyat bo’ylab reydlar o’tkazdi. Unda qator obyektlar va hojatxonalar holati ko’zdan kechirilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati videoxabar joyladi.
Unda aytilishicha, o’rganishlar davomida qator kamchiliklar aniqlanib, yakunda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi yig’ilishda muhokamaga qo’yilgan.
Jumladan, Oqdaryo tumanidagi «Viros-Sardor servis» MChJ’ga tegishli yoqilg’i quyish shahobchasining xojatxonasida qo’l yuvish uchun sharoitlar yaratilmagan, hojatxonalarda suv yo’q. Shahobcha hududi ham achinarli bir ahvoldaligi aniqlangan. Hojatxona ham qurilish ishlarining chala tashlab, faoliyati yuritilayotgani aytilgan. Bundan tashqari imkoniyati cheklangan insonlar uchun sharoitlar deyarli yaratilmagan.
Ishtixon tumanidagi «Zumrat» xususiy korxonasiga qarashli yoqilg’i quyish shahobchasida ham ahvol qolishmaydi. Sanitariya-gigiyena qoidalar haqida gapirmasa ham bo’ladi.
Jomboy tumanidagi «Gaz-baraka plyus» MChJ’ga qarashli yoqilg’i quyish shahobchasida ham ahvol achinarli. Xojatxonadagi qo’l yuvish joyi talab darajasida emas, chiqindilar ham sachralib yotibdi. Bu yerga kirishga odam jirkanadi.
Yana Jomboydagi «Qodir-C» MChJ’ga qarashli yoqilg’i quyish shahobchasida suv umuman yo’q. Xojatxona oldiga borishga odam tortinadi, sababi undan chiqayotgan badbo’y hid atrofga yoyilib ketgan. Devorlaridagi fasadlar ko’chib tushgan, sanitariya holati ham yomon ahvolda.
Viloyat axborot xizmati yuqoridagilardan tashqari Qo’shrabot, Toyloq, Urgut tumanlaridagi shahobchalarda ham aniqlanganini aytib o’tgan.
Viloyat hokimligi o’tkazgan yig’ilishida bu masalaga qati’y e’tibor berilishi va mazoratga olinishini ta’kidlab o’tgan.
Jamolbek SALOMOV, tayyorladi