Andijonda institutda yong’in chiqdi

Andijonda institutda yong’in chiqdi

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, yong‘in kecha, 28 iyun kuni soat 20:52 da Andijon tumanida joylashgan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hududidagi, hozirda foydalanilmay kelinayotgan qo‘shimcha binoda yuzaga kelgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida binoning 100 metr kvadrat tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

“Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarari aniqlanmoqda”, deyilgan xabarda.