Samarqandda tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish aniqlandi

Samarqandda tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish aniqlandi

Samarqandda oʻzganing tovar belgisidan takroran ruxsatsiz foydalangan korxona aniqlandi. Bu haqda viloyat Adliya boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, asosan sutni qayta ishlash, tabiiy sut va sut-qatiq oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek turli muzqaymoqlar ishlab chiqaruvchi “A-B” (qisqartirildi) MChJ tomonidan “Mars incorporated” (AQSH) kompaniyasiga tegishli boʻlgan “Snickers”, “Mars” nomli tovar belgilariga oʻxshash muzqaymoq ishlab chiqargani va ularni savdoga chiqarayotganligi aniqlangan.

Kompaniya ishonchli vakili Samarqand viloyat Adliya boshqarmasiga bu borada murojaat yoʻllagan. Kompaniyaga tegishli tovar belgisidan huquq egasining roziligisiz foydalanayotganligini aytib, bu borada tegishli chora ko’rilishi so’ralgan.

Boshqarma tomonidan murojaat asosida oʻrganish oʻtkazilganida, “Mars incorporated” kompaniyasining ushbu tovar belgilari Intellektual mulk agentligi tomonidan milliy tizim orqali jamlanma va shakil koʻrinishida 1995-yilda “Snickers” hamda 2005-yilda tovar belgilari tegishli tartibda roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofaza berilgani aniqlangan.

Mazkur qonunbuzilishi yuzasidan esa  “A-V” MChJga moliyaviy jarima qoʻllanilgan.