Jannatdan do’zaxgacha: Falastin aholisining kecha va buguni

Jannatdan do’zaxgacha: Falastin aholisining kecha va buguni

Har yozning boshida G’azo dalalari odatda har xil rang, hid va o’lchamdagi pishib yetilgan ekinlar va mevalar bilan to’lardi. Biroq, Isroilning G’azoga qarshi urushidan qariyb to’qqiz oy o’tgach, mo’l hosil o’z o’rnini vayronagarchilik va dahshatli gumanitar inqirozga bo’shatib berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotida keltirishicha, G’azo aholisining 96 foizi oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan va har beshinchi falastinlik, ya’ni 495 mingga yaqin kishi ochlikdan aziyat chekmoqda.

Al Jazeera’ning raqamli tergov guruhi, Sanad tomonidan tahlil qilingan sun’iy yo’ldosh tasvirlarida

G’azoning urushdan vayron bo’lgan hududning och aholisini oziqlantirish uchun muhim bo’lgan qishloq xo’jaligi yerlarining yarmidan ko’pi (60 foizi) Isroil hujumlari natijasida shikastlangan yoki vayron qilinganligini ko’rsatmoqda.

 

Isroil kamida 37,900 kishini o’ldirdi va 87,000 kishini bombardimonlar ostida qoldirdi.

Ularni qutqarishi mumkin bo’lgan sog’liqni saqlash, gumanitar yordamlar yo’llarini yo’q qildi va ochlikdan qiyin ahvolga tashladi.

Shimoliy G’azo

Bir paytlar mahalliy aholi “qizil oltin” deb ataydigan to‘la, suvli qulupnaylari bilan mashhur bo‘lgan Bayt-Laxiya shahri. Urushdan oldin bu dalalarda G’azoning qulupnay sanoati minglab odamlarni ish bilan ta’minlagan. Urug’larni ekish sentyabr oyidan boshlab, dekabrdan martgacha yig’ib olinardi. Hozir esa Isroil buldozerlari va og‘ir texnikalari muntazam ravishda dalalarni vayron qilib, ularni tuproqqa aylantirdi.

 

Ammo Falastinliklar taslim bo’lgani yo’q. Isroilning davom etayotgan hujumlariga qarshi bo’lgan Yusuf Abu Rabih kabi fermerlar bombalangan binolar orasida oziq-ovqat etishtirish yo’llarini o’ylab topdilar – qayta qurilgan konteynerlardan iborat vaqtincha bog’larni barpo qilishmoqdalar.

G’azo shahri

 

Urushdan oldin G’azoning 2,3 million aholisining uchdan bir qismi (750 000) istiqomat qiladigan G’azo shahrining gullab-yashnagan qismida bir vaqtlar bog’lari va orqa hovlidagi mevali daraxtlar bo’lgan.

G’azo shahri janubida arabcha zaytun so’zi bilan atalgan mahalla bo’lgan. Sun’iy yo’ldoshdan olingan suratlar janubiy Zaytunni, u yerda deyarli barcha bog’lar yo’q bo’lib ketganini ko’rsatmoqda.

Zaytun yetishtirish Falastin iqtisodiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan, yog’dan tortib,  sovungacha bo’lgan hamma narsa uchun ishlatilgan.

Dayr al-Balah

Uning nomi «Xurmolar uyi» degan ma’noni anglatadi, Deyr al-Balah markaziy gubernatorligi G’azoning eng yirik qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilaridan biri bo’lib, apelsin, zaytun va, albatta, xurmolari bilan mashhur.

Xurmo hosili odatda sentyabr oyining oxirida boshlanadi va oktyabr oyining oxirigacha davom etadi.

Quyidagi sunʼiy yoʻldosh tasvirlari Dayr al-Balah markazidagi Magʻozining sharqiy qismida fermalar, yoʻllar va uylarning keng miqyosda vayron boʻlganini koʻrsatadi.

Biz bu kabi misolllarni ko’plab davom ettirishimiz mumkin. Ammo bugun sizga urushning oqibatlaridan qancha  inson jabr ko’rishini, uning faashistik yuzini misollar bilan ochishga harakat qildik. MUHIM24 saytini kuzatib boring.

JAMOLBEK SALOMOV tayyorladi