Aliment rekordi yangilandi: qarzdor fuqaro 3 nafar farzandiga 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
Zangiota tumanlararo sudi qaroriga ko‘ra, fuqaro 3 nafar farzandi uchun aliment to‘lashdan bosh tortgan. Qarzdorga jarima solingan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi haqida ogohlantirilgan.
Natijada, qarzdor xorijga chiqishdagi taqiqni olib tashlash uchun 2039-yilgacha bo‘lgan aliment to‘lovlarini oldindan to‘lashga rozi bo‘lgan.