Bugungi kunda Samarqandda toʻrtta avtomaktabga haydovchi tayyorlash uchun litsenziya berilgan.
Tahririyatga taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, “B” toifa haydovchilik guvohnomasi uchun 4 oy oʻqish kerak va 4 million soʻm toʻlanadi. “BC” toifa uchun tinglovchi 6 oydan soʻng imtihon topshirishi mumkin va 5,5 million soʻm toʻlovni amalga oshiradi. “C” va “Ye” toifalar uchun (oʻqish 2 oydan) toʻlov 3 million soʻmdan, “D” toifaga esa 4 million soʻm toʻlab, 4 oy oʻqish kerak.