Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Suzish sporti uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan federatsiya bosh kotibining oila a’zolari va boshqa jami 15 nafar fuqarolar Turkiya davlatiga dam olishga yuborilib, 405 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.
Shuningdek, amalda o‘tilmagan o‘quv – mashg‘ulot yig‘inlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 mln. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan.
Bundan tashqari, homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflanib, talon-toroj qilingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.