Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvda oq libosda maydonga tushadi
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi milliy jamoamiz 14-sentyabr kuni Niderlandiyaga qarshi oʻyin bilan 2024-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi. Mazkur uchrashuvda futzalchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qiladi.
Uchrashuv 14-sentyabr kuni soat 20:00da “Humo Arena”da start oladi va SPORT TVda jonli efirda namoyish etiladi.